Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Mart 2021

Metan zapravka va servis markazlari savdoga chiqariladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF-6167-son Farmoni ijrosi doirasida “Avtogazta’minot” MChJning davlat mulki sifatida sotiladigan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari, servislar va boshqa jami 20 ta ko‘chmas mulk ob’ektini “E-Ijro Auksion” elektron savdo maydonchasiga chiqarmoqda.

Tadbirkorlar uchun tayyor biznes shaklida taklif etilayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining 8 tasida siqilgan tabiiy gazni sotish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya mavjud. Agarda xaridor litsenziya talablariga javob bersa, ushbu hujjat belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtiriladi.

Bugunga qadar, faoliyatini olib borayotgan Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi avtotransport vositalariga siqilgan gaz quyish shoxobcha 3,6 mlrd. so‘m va Qorakalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi Avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o‘rnatish servis markazi 4,2 mlrd.so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Ayni paytda o‘z faoliyatini olib borayotgan ob’ektlar bilan tanishing:

  1. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni: 

 Foydalanishga topshirilgan:

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Oq-yer MFY, Uch-ariq qishlog‘i

20.09.2019y.

АС № 0326 
1,1 gektar  2016 yil 

 

 2.Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Xorazm viloyati, Xiva tumani, Panamaxsim MFY

16.08.2016y.

AB № 2984

0,7 gektar

2016 yil

 

3. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Surxondaryo viloyati, Angor tumani, Qo‘shtegirmon MFY

24.10.2019y.

АС №0360

1 gektar

2016 yil

 

4. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Janubiy aylanma yo‘li

23.07.2016y.

AB № 2938

1 gektar

2015 yilda

 

5. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani, Ornek OFY, Tatыu 1 ko‘cha, 15-uy

23.07.2016y.

AB № 2942

1 gektar

2015 yil

 

6. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Qorako‘l QFY, Sho‘rtan qo‘rg‘oni hududi

06.05.2019y.

АС № 0097

1,84 gektar

2019 yilda

  

7. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Buxoro viloyati, Romiton tumani, A-380 “G‘uzor-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 324-kilometrida

06.05.2019y.

АС № 0097

1 gektar

2018 yilda

 

8. Avtotransport vositalariga tabiiy siqilgan gaz quyish shoxobchasi

 Manzili:

Litsenziya berilgan sana va raqami:

Yer maydoni:

 Foydalanishga topshirilgan:

Buxoro viloyati, Kogon tumani, Yangi hayot MFY, Amirobod, Qizil gul massivi

20.09.201y.

АС № 0326

1 gektar

2019 yil

 

9.Avtotrasport vositalari uchun avtoturargoh, omborxona va ishlab chiqarish binosi

 Manzili:

Yer maydoni:

Qurilish osti maydoni

 Foydalanishga topshirilgan:

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Taraqqiyot MFY, Mirzo Bobur 3 berk ko‘chasi

0,94 gektar

1 274,9 m²

1984 yil

 

10.Avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o‘rnatish servis markazi

   

 Manzili:

Yer maydoni:

Qurilish osti maydoni

 Foydalanishga topshirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, “Jana bazar” MFY, Nukus Shimbay aylanma yo‘li 12-uy.

0,44 gektar

1 505 m²

2018 yil

 

11.Avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o‘rnatish servis markazi

 Manzili:

Yer maydoni:

Qurilish osti maydoni

 Foydalanishga topshirilgan:

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Tinchlik mahallasi

0,65 gektar

1 545,7 m²

2018 yil

 

Shu kabi va qurilishi davom etayotgan Buxoro viloyati Kogon tumani, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hamda Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan gaz quyish shohobchalari, servis markazlari va boshqa ko‘chmas mulklar investorlarga taklif etiladi.

Eslatma: Sotib olish to‘lovlari 90 kun davomida amalga oshirilishi shart.

To‘lovlar bir oy ichida to‘liq amalga oshirilsa, Markaziy bankning yillik qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda chegirma beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davaktiv.uz va “E-Ijro Auksion” savdo maydonchasining “e-auksion.uz” saytlari orqali olishingiz mumkin.

Auksion savdolarda ishtirok etish juda oson, ob’ekt boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida zakalat pulini to‘lang va tegishli ma’lumotlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, savdolarda qatnashing.

Davlat mulki uchun o‘tkaziladigan ochiq va shaffof auksion savdolariga marhamat. 

 

 

9909 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech