Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Yanvar 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” PF-13-son Farmoni bilan Davlat obyektlarini ijaraga berish muddatlari 1 yildan 3 yilgacha, majburiyat bajarilganda esa 5 yildan 6 yilgacha uzaytirildi.

Hususan, bo‘sh turgan davlat obyektlaridan samarali foydalanish tartibi takomillashtirildi. Jumladan, 3 oydan ortiq foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini (ijtimoiy obyektlar bundan mustasno) belgilangan tartibda balansda saqlovchilarning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi belgilandi.

Shu bilan birga, hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan hududi 2 000 kv.m.gacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishdan tushumlar ushbu mahalla uchun alohida ochilgan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga to‘liqligicha o‘tkaziladi. Shuningdek, hududi 10 000 kv.m.gacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari sotilishidan tushumlarning 90 foizi mahalliy byudjetlarga (45 foizi viloyat byudjetiga, 45 foizi obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga) yo‘naltiriladi.

Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan o‘z hududida bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti yoki qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini aniqlagan hollarda, “Yerelektron” AAT orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi belgilandi.

 

2828 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech