Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Mart 2021

O‘zbekistondagi «Bluestone Investment Banking» kompaniyasi boshlig‘ining mamlakatimiz xususiylashtirish jarayonlari haqidagi fikri

Biz har kuni institutsional va xususiy bo‘lgan xalqaro sarmoyadorlarning kapital bozoriga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘ryapmiz. Amerikalik «Bluestone» kompaniyasining 100 foiz sho‘ba korxonasi hisoblangan «Bluestone Investment Banking»ning tashkil etilishi buning dalilidir.
Shuningdek, men davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibi takomillashtirilganligini ta’kidlamoqchiman. Hozirda davlat ulushiga ega yirik korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilmoqda. Xususiylashtirish jarayonlari shaffof va xalqaro standartlarga mos kelmoqda deb hisoblaymiz. 
Shuningdek, fond bozoridagi aktivlarning likvidligi bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishini xohlayman. Xalqaro investorlar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi kapital bozoriga kirish oldin, aksiyalar va obligatsiyalarning likvidligi to‘g‘risida qiziqishadi.

 

2326 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech