Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Dekabr 2022

Davaktiv agentligi tomonidan Baholovchilarga toifalar berish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 564-son qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentabrdagi “Baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 799-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shunga ko‘ra, Baholovchilarga toifa berish to‘liq ravishda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilishi yo‘lga qo‘yildi (https://my.gov.uz/uz/service/663).

Baholovchilar tomonidan toifa olish uchun beriladigan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida Davaktiv agentligi tomonidan talabgorlarga oid zaruriy ma'lumotlar Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimi orqali elektron ma'lumot almashish yo‘li bilan so‘rab olish joriy etildi.

Shuningdek, baholovchilarga toifa berish bilan bog‘liq barcha ma'lumotlar Davaktiv agentligining “Baholash faoliyatining yagona axborot platformasi”da ham yuritiladi.

1550 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech