Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Dekabr 2022

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari rahbarlari bilan Davaktiv agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 dekabr kuni Davaktiv agentligida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari rahbarlari hamda Agentlik vakillari ishtirokida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda 50 nafardan ortiq diplomatik vakolatxona rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir boshida Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov so‘zga chiqib, mamlakatimizda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, bugungi kunda xususiylashtirish jarayonlari oldingi davrga nisbatan sezilarli ochiq va shaffof tizimga aylantirilganligini, mazkur jarayonlarga xalqaro professional konsalting kompaniyalari jalb qilinayotganligini taʼkidlab o‘tdi. Shu bilan birga, A.Ortikov tomonidan mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarining tashqi targ‘ibot masalalarida kamchiliklar mavjudligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari Bekzod Usmonov tomonidan so‘ngi yillarda xususiylashtirish, davlat aktivlarini transformatsiya qilish hamda davlat korxonalariga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar, shuningdek kelgusidagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida, aktivlarni xususiylashtirishga tayyorlash jarayonlari “Katta to‘rtlik” turkumiga kiruvchi xalqaro konsalting kompaniyalari tomonidan xalqaro tan olingan ilg‘or  xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshirilayotganligi, hamda yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartib joriy etilayotganligi aytib o‘tildi.  

 

Shu bilan birga, Davaktiv agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK direktori Sohibjon Murodov tomonidan uchrashuv qatnashchilariga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish bo‘yicha “master-klass” o‘tkazilib, chet el fuqarolari uchun savdo platformasida shaxsiy kabinet ochishonlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.

O‘z navbatida, uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning va ishbilarmon doira vakillarining faol ishtirokini taʼminlash, ularning ishtirokida ommaviy “Roadshow” taqdimotlari, ishchi yig‘ilishlar hamda treninglar kabi targ‘ibot dasturlarini tashkil qilish, ushbu orqali xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish yuzasidan mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari bilan hamkorlik va hamjihatlikda faoliyat olib borishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar xususiylashtirish, korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlar hamda “E-auksion” elektron-onlayn savdolari bilan bog‘liq o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. 

2212 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech