Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Avgust 2022

"UZ-DONGJU PEINT KOMPANI" MCHJ QKni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida eʼlon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, "UZ-DONGJU PEINT KOMPANI" MCHJ QK ustav kapitalidagi 50,0% ulushi (keyingi o‘rinlarda - Аktiv)ni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsultant) tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 5 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Аgar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘raladi (kodlangan holda):

Voxidjon Tojiev, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Yirik davlat aktivlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish departamenti boshligʼi oʼrinbosari;

Tel.: + 998-71-259-20-91; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim bo‘yicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa Аktivda qo‘shimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur so‘rovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga ko‘ra, takliflar uchun ushbu so‘rovnomani elon qilish va/yoki u bilan bog‘liq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish bo‘yicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi togrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga mo‘ljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʼlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʼliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

 "UZ-DONGJU PEINT KOMPANI" MCHJ QKni xususiylashtirish boyicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun sorovnoma (RfP)

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 martdagi PQ-168-son qaroriga muvofiq, "UZ-DONGJU PEINT KOMPANI" MCHJ QK  ustav kapitalidagi 50% ulushini xususiylashtirish (keyingi o‘rinlarda - Bitim) belgilangan.

Sotish jarayonlari avtomobillar uchun bo'yoq ishlab chiqarish sanoati hamda aktivning individual xususiyatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Qonun hujjatlari hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga asosan tayyorlangan moliyaviy hisobotga muvofiq, Buyurtmachi to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun Аktivni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Аktiv to‘g‘risida qisqacha maʼlumot

"UZ-DONGJU PEINT KOMPANI" MCHJ QK – avtomobillar uchun lak-bo‘yoqlar, plomba moddalari, kuzovlarini dastlabki ishlov berish uchun kimyoviy moddalar, tunuka idishlar va metall bochkalar, rezina qistirmalari ishlab chiqaruvchi korxona, shuningdek, sport poyabzali ishlab chiqarish sexini o’z ichiga oladi.

Kompaniyaning ustav kapitali 28,7 mlrd. so'm.

2021-yil yakuniga koʼra, kompaniya 49,2 mlrd. so‘m sof tushum olgan.

Kompaniyaning Markaziy ofisi Andijon viloyati, Andijon shahar, Ayrilish ko‘chasi, 4-uyda joylashgan.

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qo‘yiladigan talablar

Avtomobillarga bo'yoq ishlab chiqarish sohasida tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan maslahatchiga ustunlik beriladi.

Konsultantning taklifi (individual ariza beruvchi yoki konsorsium) o‘zbek yoki rus/ingliz tillarida tayyorlanishi hamda quyidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:

a) Аktivni xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish boʼyicha konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʼlamini oʼz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi boʼyicha xulosasi (10 ballgacha);

b) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017 yil 1 yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʼgʼrisida maʼlumot (35 ballgacha);

v) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʼyicha taklif. Taklif etilgan bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʼyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʼyicha malakasi (15 ballgacha);

g) Tijorat taklifi ikki qismdan iborat (40 ballgacha):

Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʼlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi bo‘lishi lozim;

Taklif etilgan haq miqdori ishlab chiqilgan savdo strategiyasiga bog‘liq va Buyurtmachi taklifning muvaffaqiyati uchun (“success fee”) mutanosib haq to‘lashni taʼminlaydigan takliflarga ustunlik beradi;

Аgar xizmat haqi narxlar oralig‘ida berilgan bo‘lsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qo‘shimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;

d) Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi to‘g‘risida yozma ariza;

e) Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda potensial bitim bo‘yicha salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatish.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi:

I. Avtomobillarga bo'yoq ishlab chiqarish bozorini tahlil qilish:

O‘zbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;

boshqa (jumladan, qo‘shni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi aktivning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar.

II. Аktiv tahlili:

Аktivning tavsifi, uning bozor va raqobatdagi o‘rni;

xatarlar (risk)ning tahlili: investor tahliliga muvofiq aktivni xatarga qo‘yadigan potensial yo‘nalish va ehtimollarni aniqlash va bunday bitimlarning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘ladigan eng keng tarqalgan sabablarni o‘rganish. Аniqlangan xatarlarni kamaytirish borasida chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida tavsiyalar berish;

yuridik ekspertizadan o‘tkazish, jumladan, quyidagi masalalarda:

intellektual faoliyatning obyektiv ifodalangan natijalariga va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga, shu jumladan tovar belgisiga, bozor brendlariga va intellektual mulkning boshqa jihatlariga egalik huquqini belgilash;

tadbirkorlik faoliyati natijasi bo‘yicha asoslangan huquqiy manbalarini va mulkdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xo‘jalik faoliyatlari bo‘yicha asoslarni aniqlash va xulosa berish;

shuningdek, mol-mulkni ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish, meros qilib qoldirish, Аktiv foydasiga yoki uchinchi shaxs mulkiga egalik qilish huquqini vujudga keltirish muddati, uchinchi shaxslar foydasiga Аktivning mol-mulkiga boʼlgan mulkiy huquqlar bo‘yicha belgilangan cheklovlar;

yuklanish, shuningdek, qarzlarni undirish va majburiy ijro etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

mehnat va antimonopoliya qonunlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomlarga rioya qilish holati.

III. Aktivni sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha maslahatlar: 

Aktivning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilg‘or amaliyotlar va o‘xshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha takliflar;

Aktivning har tomonlama (soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini o‘tkazish (due diligence);

optimal marketing strategiyasi bo‘yicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati bo‘yicha xat va boshqalar) va investorlar o‘rtasida axborot materiallarini tarqatish;

jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;

baholash uslubini to‘g‘ri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etish;

investor nuqtai nazaridan baholashga ta'sir etuvchi asosiy omillar, asosiy ko‘rsatkichlar va taxminlarni aniqlash;

loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur bo‘lgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

IV. Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish, virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;

salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;

barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (o‘zbek tiliga tarjimasi bilan, kerak bo‘lsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;

Bitimni e'lon qilish va yopishni tashkillashtirish.

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium boyicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchini (odatda konsorsium rahbari deb ataladi) ko‘rsatish lozim. Ushbu holatda, xizmatlarning umumiy qiymati ko'rsatilishi kerak.

(2) Аgar konsultantlarning takliflari “a”, “b” va “v” bandlarida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa,  “g” bandida nazarda tutilgan baholash balli qollanilmaydi.

3192 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech