Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davaktiv agentligi ishtirokidagi quyidagi 61 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 306 nafar aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash uchun tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish Davaktiv agentligining maxsus veb-portali (cns.davaktiv.uz) orqali elektron shaklda amalga oshiriladi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).
Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olgan holda, qoʻshimcha talablar va ariza topshirish uchun muddatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan quyidagi jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.
Kuzatuv kengashi aʼzolari jalb qilinadigan 61 ta korxonalar roʻyxati |
||||
№ |
Korxona nomi |
Aʼzolik oʻrinlari soni |
Ariza |
Korxona moliyaviy koʻrsatkichlari |
Neft-gaz sohasidagi korxonalar |
||||
1 |
"Yuggazstroy" AJ |
9 |
||
2 |
"Muborakneftgazmontaj" AJ |
8 |
||
3 |
"Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi" MCHJ |
5 |
||
4 |
“Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi” MCHJ |
5 |
||
5 |
“Neftgazmeʼyor” MCHJ |
3 |
||
6 |
“Neftgazmontaj” MCHJ |
5 |
||
7 |
“Surxon parmalash ishlari” AJ |
5 |
||
8 |
“Toshneftegazqurilish” AJ |
6 |
||
9 |
“Oʻzneftgazinformatika” AJ |
3 |
||
10 |
“Neft va gaz quduqlarini sinash” AJ |
5 |
||
11 |
“Texnik taʼminlash va butlash” AJ |
5 |
||
12 |
“Buxoroneftgazavtonaql” AJ |
6 |
||
13 |
“Buxoroneftgazparmalash” AJ |
5 |
||
14 |
“Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi” AJ |
5 |
||
15 |
“Qoʻqon mexanika zavodi” AJ |
7 |
||
16 |
“Qoʻqon neftgaz parmalash ishlari” AJ |
7 |
||
Nashriyot-matbaa sohasidagi korxonalar |
||||
17 |
"Sharq" AJ |
9 |
||
18 |
“Gʻofur Gʻulom nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MCHJ |
5 |
||
19 |
“Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MCHJ |
5 |
||
Alkogol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar |
||||
20 |
“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ |
6 |
||
21 |
“Shaxrisabz vino-aroq” AJ |
3 |
||
Yogʻ-moy sanoati sohasidagi korxonalar |
||||
22 |
“Fargʻona yogʻ-moy” AJ |
9 |
||
23 |
“Surxonoziqovqatsanoati” AJ |
4 |
||
24 |
“Chimboy Moy” AJ |
5 |
||
Yoʻl-transport infratuzilmasi korxonalari |
||||
25 |
“Guliston 2535-sonli avtojamlanma” MCHJ |
3 |
||
26 |
“Oʻrta osiyo trans” AJ |
5 |
||
Kimyo sanoati sohasidagi korxonalari |
||||
27 |
“Jizzax plastmassa” AJ |
5 |
||
28 |
“Yangiariq plast” MCHJ |
3 |
||
Kommunal, uy-joy, qurilish va suv xoʻjaligi sohasidagi korxonalari |
||||
29 |
“Kishlok kurilish invest” MCHJ |
7 |
||
30 |
“Oʻzmaxsusmontajkurilish” AJ |
5 |
||
31 |
“93-maxsus trest” AJ |
6 |
||
32 |
“PORTLATISHSANOAT” AJ |
3 |
||
33 |
“Xorazmsuvqurilish” AJ |
6 |
||
34 |
“Trest-12” AJ |
5 |
||
35 |
“Taxiatash issiqlik tarmoqlari” MCHJ |
3 |
||
36 |
“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ |
2 |
||
Lizing korxonalari |
||||
37 |
“Uzagrolizing” AJ |
6 |
||
38 |
“Uzmed-Lizing” AJ |
2 |
||
39 |
“RILK Qurilishmashlizing” AJ |
5 |
||
Loyihalash korxonalari |
||||
40 |
“Qishloqqurilishloyixa” MCHJ |
5 |
||
41 |
“Tibloyiha” MCHJ |
3 |
||
42 |
“Toshuyjoyliti” AJ |
5 |
||
43 |
“Uzengsanoatloyixa” MCHJ |
5 |
||
44 |
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ |
9 |
||
45 |
“Oʻzsuvloyiha” AJ |
3 |
||
46 |
“Yoʻl loyiha byurosi” MCHJ |
2 |
||
47 |
“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ |
3 |
||
48 |
“Toshtemiryoʻlloyiha” MCHJ |
3 |
||
Erkin iqtisodiy sanoat zonalarini boshqarish korxonalari |
||||
49 |
“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ |
8 |
||
50 |
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ |
5 |
||
Xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar |
||||
51 |
“Oʻzagroservis” AJ |
5 |
||
52 |
“Angren logistika markazi” AJ |
5 |
||
53 |
“Otel Oʻzbekiston” MCHJ |
3 |
||
Boshqalar |
||||
54 |
“Boyovut paxta tozalash” AJ |
6 |
||
55 |
“Markaziy ippodrom” AJ |
5 |
||
56 |
“Toshkent traktor zavodi” MCHJ |
3 |
||
57 |
“Respublika Mulk Markazi” MCHJ |
3 |
||
58 |
“UZVC Milliy venchur fondi” MCHJ |
5 |
||
59 |
“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ |
5 |
||
60 |
“YoSHLAR” teleradiokanali” AJ |
5 |
||
61 |
“Foton” AJ |
9 |
Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:
- amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi, bundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
- nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
- iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
- korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
- qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
- besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi;
- soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.
Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tamoyillarining samarali joriy etilishi darajasiga qarab, har bir korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz!
Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagilarga murojaat etishingiz mumkin:
- F. Abduvaliyeva (+99871-259-22-04, f.abduvalieva@davaktiv.uz);
- A. Sangilova (+99871-259-22-57);
- F. Karayev (+99871-259-20-84).