Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Iyul 2024

Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolik uchun nomzodlarni jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash boʻyicha ochiq tanlov eʼlon qilinadi.

Davaktiv agentligi ishtirokidagi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan 12 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 20 nafar nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish joriy yil 19 avgust soat 18:00ga qadar Davaktiv agentligining maxsus veb-portali (cns.davaktiv.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).

Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olib qoʻshimcha talablar belgilangan.

Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:

  • amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi, bundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
  • iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
  • korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
  • qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
  • besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi;
  • soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.

Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tamoyillarining samarali joriy etilishi darajasiga qarab, har bir korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus aloqa raqamlari: F.Abduvaliyeva, (71) 259-22-04

Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz.

Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olgan holda, qoʻshimcha talablar va ariza topshirish uchun muddatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan quyidagi jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Kuzatuv kengashi aʼzolari jalb qilinadigan 12 ta korxonalar roʻyxati

T/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Aʼzolik oʻrinlari soni

Ariza berish uchun havola

1

“Yoshlar” Teleradiokanali” AJ

3

havola

2

"Ohongaronshifer" AJ

3

havola

3

"Mulk-sarmoya brokerlik uyi" AJ

3

havola

4

"Olmazor kichik sanoat zonasi" AJ

2

havola

5

"Muborakneftgazmontaj" AJ

2

havola

6

"Qoʻqon neftgaz parmalash ishlari" AJ

1

havola

7

"Angren logistika markazi" AJ

1

havola

8

"Qoʻqon mexanika zavodi" AJ

1

havola

9

"Suvmash" AJ

1

havola

10

"Taxiatash issiqlik tarmoqlari" MChJ

1

havola

11

"Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi" MChJ

1

havola

12

"Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi" MChJ

1

havola

 

715 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech