Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Iyun 2024

Davaktiv agentligi “Oʻzbekistonda raqobatbardoshlikni oshirish uchun adolatli bozor sharoitlari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro seminarda ishtirok etdi

Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Courtyard by Marriott mehmonxonasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) koʻmagida “Oʻzbekistonda raqobatbardoshlikni oshirish uchun adolatli bozor sharoitlari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro seminar oʻtkazildi.

Tadbirda IHTTning Markaziy Osiyo boʻlinmasi rahbari va katta tahlilchisi G.Lekont, Niderlandiya Moliya vazirligining maslahatchisi V.Kremer, Litva hukumatining Muvofiqlashtirish markazi direktori V.Danielius, Ruminiyaning Davlat korxonalari faoliyatini monitoring qilish va baholash agentligi prezidenti M. Prekup, Raqobat qoʻmitasi rahbariyati hamda Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari A.Miraliyev, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar, yirik davlat ishtirokidagi korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ekspertlar tomonidan IHTTning yangilangan rahbarlik tamoyillari, shuningdek korporativ boshqaruv va xususiylashtirishga doir eng yaxshi amaliyotlar toʻgʻrisida taqdimotlar qilindi. Seminar qizgʻin bahs va munozaralar shaklida boʻlib oʻtdi.

984 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech