Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Oktyabr 2022

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrik!

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir. 

Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

 

1392 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech