Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 May 2024

Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank va Aloqabanklarning “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi bino-inshootlarini sotish jarayonlari toʻgʻrisida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – “Davaktiv agentligi”), "Asakabank" AJ, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va AT "Aloqabank"ga tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli binolarini (keyingi oʻrinlarda – "Aktiv"/ “Biznes markazlar”) ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.

Ushbu bitimga “KPMG” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – “KPMG”) sotish jarayonini tashkil etish boʻyicha konsultant sifatida jalb qilingan.

Davaktiv agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsulatant harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga boʻlgan qiziqishlari oʻrganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazlarini sotib olishga boʻlgan qiziqishini oʻrganish, KPMG tomonidan Aktivlar toʻgʻrisida tayyorlangan investitsion tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Investorlarning mazkur Biznes markazlarini sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli yaʼni binoni toʻliq sotib olish yoki lotlarga boʻlgan holda sotib olish boʻyicha fikrlarini oʻrganish orqali Aktivlarni sotishga yondashuv mexanizmi ishlab chiqiladi

Ushbu biznes markazlarni sotib olishga qiziqishi boʻlgan investorlar quyidagi kanallar orqali batafsil maʼlumotlarni olishlari mumkin:

SSandykbayeva@kpmg.com

MSarsekeyeva@kpmg.com

NShuxratov@kpmg.co.uz

Aktivlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

1) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning koʻp qavatli binosi

Obyekt manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 3-uy

Balans saqlovchi: Oʻzsanoatqurilishbank;

Umumiy maydoni: 82,284 kv.m.;

Qavatlarning umumiy soni: 33

 

2) “Asakabank” AJning koʻp qavatli binosi

Obyekt manzili: Toshkent shahri., Shayxontohur tumani, Yangi Toshkent koʻchasi, 1-uy

Balans saqlovchi: Asakabank;

Umumiy maydoni: 66,202 kv.m;

Qavatlarning umumiy soni: 26

 

3) AT “Alokabank” koʻp qavatli binosi

Obyekt manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Ukchi koʻchasi, 2

Balans saqlovchi: Aloqabank;

Umumiy maydoni: 81,439 kv.m.;

Umumiy qavatlar soni: 26

Diskleymer

Davaktiv agentligi va tijorat banklari sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, tijorat baknlari va "KPMG" kompaniyasining Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi, tijorat baknlari va "KPMG" oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, tijorat baknlari va "KPMG" kompaniyasi tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

6892 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech