Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Avgust 2023

23-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

403 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 0,9 mlrd so'm bo'lgan 259 ta lot 1,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 56 ta
  • boshlang‘ich narxi 0,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,27 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 19,6 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta‘lim maktabi balansidagi oshxona binosi 258,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 0,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 0,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,76 ga
  • Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidan boshlang'ich narxi 142,2 mln so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun 1,25 gektar yеr uchastkasi 156,4 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidan  boshlang'ich narxi 20,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,7 sotix yеr uchastkasi 22,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 78 ta
  • boshlang'ich narxi 16,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 20,8 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 88 ta
  • yer 113,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 5,4 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 542 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,7 trln so'm bo'lgan 126 902 ta lot savdoga qo'yilgan.

442 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech