Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Avgust 2023

1-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

479 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 12,5 mlrd so'm bo'lgan 236 ta lot 14,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 10,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 11,3 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so‘m bo‘lgan Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi balansidagi noturar bino-inshootlar 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 20 ta
  • Boshlang‘ich narxi 230,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 383,1 mln so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 74,5 mln so‘m bo‘lgan Navoiy viloyati hokimligi balansidagi binoning bir qismi va tomi 82 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 39 ta
  • Boshlang'ich narxi 882,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,7 ga
Buxoro viloyati Kogon shahridan boshlang‘ich narxi 18,6 mln so‘m bo‘lgan poyafzal korxonalari uchun 15 sotix yеr uchastkasi 20,5 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 116,7 mln so‘m bo‘lgan poyafzal korxonalari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 140 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 116 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 135,3 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 36 ta
  • Yer maydoni 100,8 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 538 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 129 920 ta lot savdoga qo'yilgan.
375 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech