Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 May 2023

1-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

 1 204 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20,6 mlrd so'm bo'lgan 1 708 ta lot 51,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
     Davlat aktivlari:
  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 5,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 21,5 mlrd so‘m
Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB balansidagi Chilonzor filiali bino-inshooti 20,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
     Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 56 ta
  • Boshlang‘ich narxi 645,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 147,8 mln so‘m bo‘lgan 9-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi noturar binosining bir qismi 162,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
     Yer uchastkalari:
  • Soni 107 ta
  • Boshlang'ich narxi 708,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,7 ga
Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 41,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,6 sotix yer uchastkasi 275,5 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidan boshlang'ich narxi 1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 85,6 mln so‘mga sotildi.
 
    Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 138 ta
  • Boshlang‘ich narxi 28,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 437,6 mln so‘m
    Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 301 ta
  • Yer maydoni 468,5 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 19,9 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 8,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 013 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 8,4 trln so'm bo'lgan 134 651 ta lot savdoga qo'yilgan.
637 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech