Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Iyul 2023

11-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 753 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so'm bo'lgan 322 ta lot 6,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 50 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 46,3 mln so‘m bo‘lgan "Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" balansidagi bino qismi 411,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 298,5 mln so‘m bo‘lgan Jizzax shahar hokimligi balansidagi betonlashtirilgan maydon 328,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 17 ta
  • Boshlang'ich narxi 523,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 0,8 ga
Toshkent shahar Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 302,2 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar shourumini qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 46 ta
  • Boshlang'ich narxi 14,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 32,4 mln so‘m
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 4,4 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 190 ta
  • Yer maydoni 250,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 7,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 9,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 783 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,5 trln so'm bo'lgan 131 188 ta lot savdoga qo'yilgan.
353 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech