Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Iyul 2023

12-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

449 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 958 mln so'm bo'lgan 332 ta lot 4,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 33 ta
  • Boshlang‘ich narxi 412,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 9,9 mln so‘m bo‘lgan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti balansidagi bo'sh turgan xona 150,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 144 mln so‘m bo‘lgan “Uzbekistan airports” AJ balansidagi ”Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” 3-terminalidagi umumiy ovqatlanish joyi 374,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 32 ta
  • Boshlang'ich narxi 290,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 347,1 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,5 ga
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan boshlang'ich narxi 29,4 mln so‘m bo‘lgan hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik faoliyatini tashkil qilish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 32,3 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 26,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 29,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 101 ta
  • Boshlang'ich narxi 22,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 496,2 mln so‘m
Navoiy viloyati Zarafshon shahridan boshlang'ich narxi 0,6 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 44,9 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 163 ta
  • Yer maydoni 595,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 18,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 40,7 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 099 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 132 594 ta lot savdoga qo'yilgan.
344 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech