Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Aprel 2023

13-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

814 ta lot auksion savdosiga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 21,9 mlrd so‘m bo'lgan 862 ta lot 29,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 5 ta
  • Boshlang‘ich narxi 3,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m

Xorazm viloyati, Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan “Xorazmpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJning “Xorazmpaxtatrans” MChJ ustav fondidagi 45,5 foiz ulushi 1,9 mlrd so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 280,7 mln so‘m bo‘lgan Kitob tumani hokimligi balansidagi tovuqxona binosi 308,8 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 84 ta
  • Boshlang‘ich narxi 680 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 218,1 mln so‘m bo‘lgan “Veterinariya dori vositalarini ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi” balansidagi bino 239,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 63 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 21,5 ga

Samarqand viloyati, Narpay tumanidan boshlang'ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,5 sotix yer uchastkasi 192,1 mln so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati, Olot tumanidan boshlang'ich narxi 21,5 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 3,6 sotix yer uchastkasi 51,7 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 599 ta
  • Boshlang‘ich narxi 205,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 2 744 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 7,3 trln so‘m bo‘lgan 136 768 ta lot savdoga qo‘yilgan.

660 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech