Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Fevral 2023

13-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

8 945 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 50,2 mlrd so‘mlik 7 660 ta lot 72,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki

  • Soni 10 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 12,9 mlrd so‘m
  • Urganch shahridagi "Yuggazstroy" AJga qarashli narxi 2,1 mlrd so‘mlik bino va inshootlarning 2-qismi 7 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 57 ta
  • Boshlang‘ich narxi 363,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 759,2 mln so‘m
  • Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidan yillik ijara stavkasi 7,4 mln so‘mlik Guliston davlat universiteti binosining bir qismi 38,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 86 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,01 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 10,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 15,3 ga
  • Farg'ona viloyati, Rishton tumanidan narxi 51,1 mln so‘mlik hunarmandlar shaharchasi qurish uchun 20,2 sotix yer uchastkasi 219,9 mln so‘mga sotildi
  • Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidan narxi 6,8 mln so‘mlik ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualarini qurish uchun 13 sotix yer uchastkasi 315,8 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 61 ta
  • Boshlang‘ich narxi 18 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 402,4 mln so‘m
  • Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 4,8 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 14 775 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,8 trln so‘m bo‘lgan 198 723 ta lot savdoga qo‘yilgan.

1301 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech