Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Iyul 2023

13-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

367 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,7 mlrd so'm bo'lgan 345 ta lot 38,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 13 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 13,9 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 9,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Toshkent agroservis MTP” MCHJning “Ohangaron Agroservis MTP” MChJdagi 100 foiz ulushi 9,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 93 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 108,2 mln so‘m
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 53,3 mln so‘m bo‘lgan Urganch davlat universiteti balansidagi "Chiqirchi" kasb-hunar kollejining boʻsh turgan binosi 63,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 58 ta
  • Boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 13,9 ga
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 4,98 gektar yеr uchastkasi 3 mlrd so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan boshlang'ich narxi 76,7 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 11 sotix yеr uchastkasi 291,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 114 ta
  • Boshlang'ich narxi 23,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 108,9 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 97 ta
  • Yer maydoni 775,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 11,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 084 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,6 trln so'm bo'lgan 130 520 ta lot savdoga qo'yilgan.
415 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech