Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Aprel 2023

14-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 926 ta lot auksion savdosiga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 27,5 mlrd so‘m bo'lgan 250 ta lot 35,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 20,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 22,8 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,1 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi "6-son avtosaroy" bino-inshootlari 3,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 37 ta
  • Boshlang‘ich narxi 652 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10 mln so‘m bo‘lgan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining bo'sh turgan oshxonasi 89,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 40 ta
  • Boshlang‘ich narxi 364,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 752,1 mln so‘m
  • Yer maydoni 2,5 ga

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidan boshlang'ich narxi 5,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,5 sotix yer uchastkasi 42,1 mln so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati, Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 18,6 mln so‘m bo‘lgan erkin iqtisodiy zonasi uchun 0,6 gektar yer uchastkasi 109,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

- soni 101 ta
- boshlang‘ich narxi 30,7 mln so‘m
- sotilgan narxi 694 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 863 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 7,3 trln so‘m bo‘lgan 141 160 ta lot savdoga qo‘yilgan.

555 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech