Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 May 2024

14-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

269 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16 mlrd so'm bo'lgan 1 482 ta lot 35,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 228 mln so‘m
  • sotilgan narxi 403 mln so‘m
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 5,5 mln so‘m bo‘lgan Buxoro davlat universiteti balansidagi o‘quv amaliyot poligoni binosining xonalari 123,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 29 ta
  • boshlang'ich narxi 11,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,3 ga
Samarqand viloyati Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 11 mlrd so‘m bo‘lgan Master rejaga asosan ko'p qavatli binolar qurish uchun 1,51 gektar yеr uchastkasi 11,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 104,1 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 76 sotix yеr uchastkasi 760,1 mln so‘mga sotildi.
 
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridan boshlang'ich narxi 39,2 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 1,5 sotix yеr uchastkasi 297,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 381 ta
  • boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 14,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 659,4 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklarni realizatsiya qilish yo'nalishida:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan boshlang'ich narxi 520 mln so‘m bo'lgan turar joy imorati 670,8 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 1 835 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,5 trln so'm bo'lgan 176 179 ta lot savdoga qo'yilgan.
645 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech