Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Fevral 2021

15 fevralda o‘tkazilgan auksionda 17 ta davlat mulki ob’ektining ijarasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan auksion savdolariga chiqarilgan respublika hududidagi umumiy maydoni  1 036 kv.m. bo‘lgan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha 155,8 mln. so‘m yillik ijara to‘lovi evaziga auksion savdo g‘oliblari aniqlandi.

Jumladan, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi obyekt yillik ijara to‘lovi 763 ming. so‘mdan 43,5 mln.so‘mga yetganida g‘olib aniqlandi. Bu yerda 12 oy muddatga o‘quv qurollari savdosi faoliyatini tashkil etish imkoniyati qo‘lga kiritildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi ko‘chmas mulk ob’ekti uchun yillik ijara to‘lovi 4,9 mln.so‘mdan 15,4 mln.so‘mga yetganda auksion savdosi yakunlandi. G‘olib 12 oy muddatga mebel ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etadi. Angren tumanidagi ko‘chmas mulk ob’ekti uchun yillik ijara to‘lovi 21,7 mln.so‘mdan 62,6 mln.so‘mga yetganda savdo g‘olibi aniqlandi. Auksion g‘olibi 12 oy muddatga sport maydonchasi (stol tennisi) faoliyatini tashkil etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Endilikda siz ijaraga taklif etilayotgan shu kabi davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali 3 ta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) tanishishingiz mumkin: http://privatization.davaktiv.uz , http://e-auksion.uz

 

2217 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech