Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Avgust 2023

16-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

202 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so'm bo'lgan 346 ta lot 2,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 60 ta
  • Boshlang‘ich narxi 963 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 235,3 mln so‘m bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali balansidagi bino bo‘sh turgan qismi 258,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 65,8 mln so‘m bo‘lgan Maktabgacha ta‘lim agentligi balansidagi bino qismi 85,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang'ich narxi 122,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 149,3 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,4 ga
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan boshlang'ich narxi 61,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 67,8 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 15,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang'ich narxi 9,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 55,1 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 233 ta
  • Yer maydoni 284,1 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 6,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 11,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 742 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,1 trln so'm bo'lgan 125 884 ta lot savdoga qo'yilgan.
361 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech