Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 May 2024

16-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

464 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 64,3 mlrd so'm bo'lgan 345 ta lot 128,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 26,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan “Zamin noz ne’matlari” MChJdagi 100 foiz davlat ulushi 2,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 40 ta
  • boshlang'ich narxi 705 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 61,9 mln so‘m bo‘lgan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti balansidagi bino qismi 68,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 15,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,3 ga
Buxoro viloyati Vobkent tumanidan boshlang‘ich narxi 232,8 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim kechak bozorlari qurish uchun 13 sotix yеr uchastkasi 256,1 mln so‘mga sotildi.
 
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidan boshlang‘ich narxi 145,7 mln so‘m bo‘lgan bolalar kiyimlarini ishlab chiqarish hamda ip bo‘yash va mato to‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 79 sotix yеr uchastkasi 174,8 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 176 ta
  • boshlang'ich narx 13,3 mlrd so'm
  • sotilgan narx 36,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 992 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklarni realizatsiya qilish yo'nalishida:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narx 1,9 mlrd so'm
  • sotilgan narx 3,6 mlrd so'm
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan boshlang‘ich narxi 303,6 mln so‘m bo‘lgan AYOQSH binolari 1,5 mlrd so'mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 934 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12 trln so'm bo'lgan 173 242 ta lot savdoga qo'yilgan.
847 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech