Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Mart 2023

16-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 198 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 16 mlrd so‘mlik 2 931 ta lot 20,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

    Davlat aktivlari:

  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,03 mlrd so‘m

Buxoro viloyati, Vobkent tumanidan "Buxoro agroservis MTP" MCHJ ga qarashli narxi 785,4 mln so‘mlik 5-lot bino-inshooti 863,9 mln so‘mga sotildi.

     Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 160 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridan yillik ijara stavkasi 133 mln so‘mlik ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazining bo’sh turgan binosining bir qismi 146,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

      Yer uchastkalari:

  • Soni 48 ta
  • Boshlang‘ich narxi 510,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 750,4 mln so‘m
  • Yer maydoni 2,2 ga

Toshkent viloyati, Nurafshon shahridan boshlang’ich narxi 12,3 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 70,1 mln so‘mga sotildi.
Farg’ona viloyati, Rishton tumanidan boshlang’ich narxi 51,1 mln so‘mlik hunarmandlar shaharchasi qurish uchun 0,2 gektar yer uchastkasi 56,3 mln so‘mga sotildi.

     Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 221 ta
  • Boshlang‘ich narxi 41,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 877,2 mln so‘m

Navoyi shahridan narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 34,1 mln so‘mga sotildi.

    Dehqon xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 2 387 ta
  • Yer maydoni 835,9 ga

O‘tkazilgan savdolarda 7 541 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 9,2 trln so‘m bo‘lgan 141 009 ta lot savdoga qo‘yilgan.

801 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech