Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Aprel 2023

17-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 136 ta lot auksion savdosiga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 27,4 mlrd so‘m bo'lgan 3 007 ta lot 44,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 12,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 15,5 mlrd so‘m

Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m bo‘lgan “Xalq banki” ATB Navoiy viloyat filiali balansidagi bank ma’muriy binosi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 152 ta
  • Boshlang‘ich narxi 951,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m

Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,1 mln so‘m bo‘lgan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan xona 45,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 78 ta
  • Boshlang‘ich narxi 977,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 7,6 ga

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 127,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,25 gektar yer uchastkasi 483,2 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanidan boshlang'ich narxi 6,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 7 sotix yer uchastkasi 92,3 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 127 ta
  • Boshlang‘ich narxi 35,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 882,4 mln so‘m

Foto va video qayd etish vositalarini o'rnatish huquqi:

  • Soni 8 ta
  • Boshlang‘ich narxi 31,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 6 718 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 7,8 trln so‘m bo‘lgan 140 581 ta lot savdoga qo‘yilgan.

719 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech