Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Iyul 2023

18-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

542 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16,2 mlrd so'm bo'lgan 442 ta lot 19,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 12,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 13,2 mlrd so‘m
Farg‘ona shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 12,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Evroosiyo tapo-disk” mas‘uliyati cheklangan jamiyatdagi 40,5 foiz davlat ulushi 13,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 750,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 215 mln so‘m bo‘lgan, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshoot 236,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 150 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 5,6 ga
Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 45,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 589,4 mln so‘mga sotildi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanidan boshlang'ich narxi 15,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 90,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 52 ta
  • Boshlang'ich narxi 14,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 51,8 mln so‘m
Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 37 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 184 ta
  • Yer maydoni 185,9 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 7,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 269 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 128 839 ta lot savdoga qo'yilgan.
292 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech