Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Aprel 2023

19-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 260 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so'm bo'lgan 268 ta lot 5,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 114 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri, Sirg'ali tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 479,3 mln so'm bo'lgan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi balansidagi bino qismi 527,3 mln so'mga ijaraga berildi.
Farg'ona viloyati, Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 104,4 mln so‘m bo‘lgan 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi balansidagi oshxona binosi 532,7 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 40 ta
  • Boshlang'ich narxi 582,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,9 ga
Toshkent shahri, Bektemir tumanidan boshlang'ich narxi 140,2 mln so'm bo'lgan paxtani qayta ishlash korxonalari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 182,3 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanidan boshlang'ich narxi 8,1 mln so'm bo‘lgan ko'p qavatli uy-joy qurish uchun 4,4 sotix yer uchastkasi 111,2 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 73 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 54 mln so‘m
Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 4,6 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 33 ta
  • Yer maydoni 12,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 677 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 674 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,8 trln so'm bo'lgan 142 703 ta lot savdoga qo'yilgan.
642 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech