Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Iyul 2023

19-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

336 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so'm bo'lgan 270 ta lot 2,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 54 ta
  • Boshlang‘ich narxi 620,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 163,8 mln so‘m bo‘lgan Buxoro shahar kasb-hunar maktabi balansidagi yotoqxona binosi xonalari 180,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 572,8 mln so‘m bo‘lgan “Uzbekistan airports” AJ balansidagi umumiy ovqatlanish hududi 630,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 27 ta
  • Boshlang'ich narxi 357 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 401,3 mln so‘m
  • Yer maydoni 3,1 ga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidan boshlang'ich narxi 85,6 mln so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 2 gektar yеr uchastkasi 102,7 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan boshlang'ich narxi 36,9 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 28 sotix yеr uchastkasi 40,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 69 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 194,7 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 6,5 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 117 ta
  • Yer maydoni 371,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 9,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 27,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 949 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 129 695 ta lot savdoga qo'yilgan.
311 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech