Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 May 2023

19-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

735 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 11,5 mlrd so'm bo'lgan 1 147 ta lot 28,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 5 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 203 mln so‘m bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” AJ balansidagi 7-sonli “Qoratepa” FYOTSH ko‘chmas mulklari 791,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 25 ta
  • Boshlang‘ich narxi 290,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 667,8 mln so‘m
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 42,4 mln so‘m bo‘lgan "Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi balansidagi bino yer to'lasi 46,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 47 ta
  • Boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 17,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 4,9 ga
Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 393,1 mln so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 0,44 gektar yer uchastkasi 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 58 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 565 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 988 ta
  • Yer maydoni 296 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 16,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 29,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 393 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 133 154 ta lot savdoga qo'yilgan.
497 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech