Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Aprel 2023

20-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

 1 013 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so'm bo'lgan 347 ta lot 7,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 187,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 206,2 mln so‘m
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 97 ta
  • Boshlang‘ich narxi 793,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 5 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 237,2 mln so‘m bo‘lgan Qo‘ng‘irot temir yo‘l masofasi balansidagi texnik yer maydoni 260,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 143,6 mln so‘m bo‘lgan Termiz shahar hokimligi balansidagi binoning texnologik maydon qismi 158 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 63 ta
  • Boshlang'ich narxi 758,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 890,7 mln so‘m
  • Yer maydoni 6,1 ga
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 4,7 mln so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 27,5 mln so‘mga sotildi.
Namangan viloyati, Namangan tumanidan boshlang'ich narxi 167,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 3,2 sotix yer uchastkasi 184,5 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 74 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 202 mln so‘m
Andijon viloyati, Andijon shahridan boshlang'ich narxi 1,6 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 19,2 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 82 ta
  • Yer maydoni 38,8 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 043 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,8 trln so'm bo'lgan 142 830 ta lot savdoga qo'yilgan.
571 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech