Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Fevral 2023

20-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

       1 885 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 64,4 mlrd so‘mlik 9 714 ta lot 104 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

       Davlat aktivlari:

  • Soni 17 ta
  • Boshlang‘ich narxi 50,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 76,2 mlrd so‘m

      Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko’chasi, 22A-uy manzilda joylashgan, “Asakabank” AJ balansidagi boshlang’ich narxi 26,3 mlrd so‘m bo’lgan savdo majmuasi va qahvaxona bino-inshootlari hamda mebel ishlab chiqarish asbob-uskunalari 35,5 mlrd so‘mga sotildi.
      Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A.Temur ko’chasi, 210-uy manzilda joylashgan, boshlang’ich narxi 11,8 mlrd so‘m bo’lgan noturar joy (sobiq Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi) bino va inshootlari 26,6 mlrd so‘mga sotildi.

      Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 163 ta
  • Boshlang‘ich narxi 962,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 6,3 mlrd so‘m

      Samarqand shahridan yillik ijara stavkasi 45,5 mln so‘mlik Jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino qismi 245,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

    Yer uchastkalari:

  • Soni 101 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 20,1 ga

     Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidan narxi 7,7 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 206,9 mln so‘mga sotildi.
     Toshkent viloyati, Piskent tumanidan narxi 12 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 203,6 mln so‘mga sotildi.

     Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 78 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 246,3 mln so‘m

         Andijon viloyati, Andijon tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 9,6 mln so'mga sotildi.

        O‘tkazilgan savdolarda 24 006 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

         Hozirda, boshlang‘ich narxi 10 trln so‘m bo‘lgan 173 171 ta lot savdoga qo‘yilgan.

628 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech