Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Iyul 2023

20-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

598 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 50,8 mlrd so'm bo'lgan 367 ta lot 61,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 9 ta
  • Boshlang‘ich narxi 45,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 48 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 22,3 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi “Moliyachi dam olish oromgohi” (3-LOT) 23,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 21 ta
  • Boshlang‘ich narxi 108,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 3,3 mln so‘m bo‘lgan "Navoiyazot" AJ balansidagi Meva-sabzavot pavilonidagi do‘kon 120,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 75 ta
  • Boshlang'ich narxi 599,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 4 ga
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidan boshlang'ich narxi 16,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafe va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 248,5 mln so‘mga sotildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidan boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 40,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 84 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 203,4 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 127 ta
  • Yer maydoni 236,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 6,3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 372 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 130 825 ta lot savdoga qo'yilgan.
300 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech