Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 May 2024

22-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

661 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so'm bo'lgan 3 235 ta lot 6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 83 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 5,8 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi oshxona binosi 146,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 177 mln so‘m bo‘lgan Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji balansidagi bino qismi 389,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 44 ta
  • boshlang'ich narxi 446 mln so‘m
  • sotilgan narxi 688 mln so‘m
  • yer maydoni 1,3 ga
Farg'ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang‘ich narxi 31,2 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 46,8 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 3 086 ta
  • yer maydoni 1 400,9 ga
O'tkazilgan savdolarda 3 532 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 13 trln so'm bo'lgan 165 373 ta lot savdoga qo'yilgan.
686 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech