Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 May 2024

23-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

625 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21 mlrd so'm bo'lgan 381 ta lot 36,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 1 ta
  • boshlang'ich narxi 689 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 688,7 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi yotoqxona binosi 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Aloqabank" ATB balansidagi ishlab chiqarish zavodi binosi va sutni qayta ishlash uskunalari 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 37 ta
  • boshlang'ich narxi 958 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 5,7 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi balansidagi yerto‘la qismi 40,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 163 ta
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 9,6 ga
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridan boshlang‘ich narxi 24,2 mln so‘m bo‘lgan farmatsevtika sanoati faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 27 sotix yеr uchastkasi 302,3 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narx 4,7 mlrd so'm
  • sotilgan narx 8,2 mlrd so'm
  • yer maydoni 141,9 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 32 ta
  • boshlang'ich narxi 6,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,6 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 173 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,5 trln so'm bo'lgan 164 587 ta lot savdoga qo'yilgan.
702 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech