Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Mart 2023

23-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

     2 065 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 53,3 mlrd so‘mlik 10 668 ta lot 86,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

    Davlat aktivlari:

  • Soni 24 ta
  • Boshlang‘ich narxi 26,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 28,2 mlrd so‘m

    Xorazm viloyati, Bog’ot tumanidan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi narxi 3 mlrd so‘mlik qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar 3,1 mlrd so‘mga sotildi.
     Surxondaryo viloyati, Sho’rchi tumanidan "IPOTEKA-BANK" ATIBga qarashli narxi 5,3 mlrd so‘mlik omborxona 5,7 mlrd so‘mga sotildi.

    Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 343 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 12,8 mlrd so‘m

    Farg’ona viloyati, Toshloq tumanidan yillik ijara stavkasi 68,6 mln so‘mlik tibbiyot birlashmasining bo’sh turgan binosi 308,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

     Yer uchastkalari:

  • Soni 111 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 11,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 13,2 ga

Toshkent shahar, Yashnobod tumanidan narxi 1,7 mlrd so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 8,6 sotix yer uchastkasi 9,5 mlrd so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati, Jomboy tumanidan narxi 10,4 mln so‘mlik qurilish materiallari saqlash omborxonasi qurish uchun 9,4 sotix yer uchastkasi 148 mln so‘mga sotildi.

    Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 197 ta
  • Boshlang‘ich narxi 65,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 618,8 mln so‘m

     Namangan viloyati, Davlatobod tumanidan narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 23,4 mln so‘mga sotildi.

     Dehqon xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 9 769 ta
  • Yer maydoni 3517,6 ga


   O‘tkazilgan savdolarda 21 869 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

   Hozirda, narxi 6,5 trln so‘m bo‘lgan 132 224 ta lot savdoga qo‘yilgan.

472 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech