Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Fevral 2023

24-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 675 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 28,8 mlrd so‘mlik 8 508 ta lot 39,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 2 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Angren shahri, Yangiobod MFYda joylashgan, Toshkent viloyati hokimligi balansida bo’lgan boshlang’ich narxi 1,1 mlrd so‘mlik noturar joy (sobiq qozonxona) binosi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Samarqand shahar, Ziyokorlar ko’chasida joylashgan, “Asakabank” AJ ga qarashli boshlang’ich narxi 455,2 mln so‘m bo’lgan "Parrandachilik" bino-inshootlari 546,3 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 53 ta
  • boshlang‘ich narxi 688,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,3 mlrd so‘m
  • Samarqand shahridan yillik ijara stavkasi 54,4 mln so‘mlik O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga qarashli oshxona 244,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 150 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 7,4 ga
  • Samarqand viloyati, Narpay tumanidan boshlang’ich narxi 5,8 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari uchun 2 sotix yer uchastkasi 602,2 mln so‘mga sotildi.
  • Sirdaryo viloyati, Shirin shahridan narxi 9,1 mln so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 132,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 34 ta
  • boshlang‘ich narxi 7,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 30,1 mln so‘m
  • Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan narxi 0,25 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 24,9 mln so‘mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • soni 4 ta
  • boshlang‘ich narxi 433,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 18 522 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,2 trln so‘m bo‘lgan 165 866 ta lot savdoga qo‘yilgan.

472 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech