Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Iyul 2023

24-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

569 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 51,9 mlrd so'm bo'lgan 1 152 ta lot 62 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 14 ta
  • Boshlang‘ich narxi 31,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 33,9 mlrd so‘m

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 1,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 26 ta
  • Boshlang‘ich narxi 467,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 518,1 mln so‘m

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 102,1 mln so‘m bo‘lgan “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Ohangaron shahar bo‘limining balansidagi texnik yer maydoni 112,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 131 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 10,7 ga

Samarqand viloyati Payariq tumanidan boshlang'ich narxi 222,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 24 sotix yеr uchastkasi 556 mln so'mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan boshlang'ich narxi 415,8 mln so‘m bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 4 gektar yеr uchastkasi 457,4 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 221 ta
  • Boshlang'ich narxi 38,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 379,6 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 675 ta
  • Yer maydoni 1084,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 23,6 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 26,1 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 2 559 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 129 994 ta lot savdoga qo'yilgan.

321 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech