Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Iyun 2024

24-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

888 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 92,5 mlrd so'm bo'lgan 1 253 ta lot 152,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 9,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,1 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino 6,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 23 ta
  • boshlang'ich narxi 10,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,7 mlrd so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 556,3 mln so‘m bo‘lgan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB balansidagi noturar bino 611,9 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 98 ta
  • boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,1 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 2,8 mlrd so‘m bo‘lgan Termiz davlat universiteti balansidagi bo‘sh turgan o‘quv binosi qismi 2,9 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 159 ta
  • boshlang'ich narxi 20,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 37,1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 141 ga
Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim-kechak bozorlari qurish uchun 1,58 gektar yеr uchastkasi 6,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 780 ta
  • boshlang'ich narx 5,2 mlrd so'm
  • sotilgan narx 40,2 mlrd so'm
  • yer maydoni 603,1 ga
O'tkazilgan savdolarda 2 137 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,5 trln so'm bo'lgan 146 174 ta lot savdoga qo'yilgan.
833 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech