Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2023

24-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 326 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 20,7 mlrd so‘mlik 1 063 ta lot 26,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 17 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 14,1 mlrd so‘m


Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan, boshlang’ich narxi 2,2 mlrd so‘m bo’lgan “B.Mirzakarimov nomli Bekobod tuman biofabrikasi” MCHJdagi 100 foiz davlat ulushi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent tumanidan "Asakabank" AJga qarashli narxi 2 mlrd so‘mlik 2 qavatli ma’muriy va omborxona binosi 2,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 63 ta
  • Boshlang‘ich narxi 202,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m

Toshkent shahar, Chilonzor tumanidan yillik ijara stavkasi 19,7 mln so‘mlik Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino qismi 238,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 416,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 7,6 ga

Toshkent viloyati, Angren shahridan boshlang’ich narxi 30 mln so‘m bo’lgan Angren EIZ hududidagi sanoat zonasi logistika majmuasini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni 624 mln so‘mga sotildi.
Navoiy viloyati, Zarafshon shahridan boshlang’ich narxi 5,9 mln so‘mlik avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish shoxobchasi qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 105,4 mln so‘mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 175,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m

Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanidan narxi 14,2 mln so'mlik Qizilsoy soyi o‘zanidagi tozalash huquqi 401,1 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 3 154 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 8,6 trln so‘m bo‘lgan 135 456 ta lot savdoga qo‘yilgan.

317 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech