Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Aprel 2023

25-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

 1 573 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 39,3 mlrd so'm bo'lgan 1 428 ta lot 58,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 16 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 22,5 mlrd so‘m
Ohangaron tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 14,5 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy binosi 15,2 mlrd so‘mga sotildi.
Urgut tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan Kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi balansidagi dam olish maskani bino va inshootlari 1,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 117 ta
  • Boshlang‘ich narxi 746 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
Toshkent shahri, Uchtepa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 71,7 mln so‘m bo‘lgan “Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi" unitar korxonasi balansidagi bino qismi 322,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 124 ta
  • Boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 12,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 57,3 ga
Toshkent shahri, Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 302,2 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalari uchun mo’ljallangan 3 sotix yer uchastkasi 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidan boshlang'ich narxi 129,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 15 sotix yer uchastkasi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 992 ta
  • Yer maydoni 374,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 17,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 10,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 717 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 143 044 ta lot savdoga qo'yilgan.
695 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech