Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Iyul 2023

25-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

263 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so'm bo'lgan 244 ta lot 6,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 889 mln so‘m bo‘lgan “Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi” DUK balansidagi bino 5,1 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 32 ta
  • Boshlang'ich narxi 409 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 456,7 mln so‘m
  • Yer maydoni 3,9 ga
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan boshlang'ich narxi 46,3 mln so‘m bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalari uchun mo‘ljallangan 1,75 gektar yеr uchastkasi 55,6 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Yozyavon tumanidan boshlang'ich narxi 27,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy qurish uchun 2,7 sotix yеr uchastkasi 30 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 99 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 67,1 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 18,8 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 80 ta
  • Yer maydoni 28,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,9 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 591 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 129 412 ta lot savdoga qo'yilgan.
402 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech