Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 May 2023

25-may sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

418 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,8 mlrd so'm bo'lgan 585 ta lot 13,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 63 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 26,2 mln so‘m bo‘lgan Qarshi davlat universiteti balansidagi umumiy ovqatlanish joyi 102,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,5 mln so‘m bo‘lgan Urganch davlat universiteti balansidagi boʻsh turgan maydon 221,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 26 ta
  • Boshlang'ich narxi 390 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 651,4 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,76 ga
Buxoro viloyati, Jondor tumanidan boshlang'ich narxi 90,4 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turarjoy binolari va majmualarini qurish uchun 6,4 sotix yer uchastkasi 262,3 mln so‘mga sotildi.
Farg'ona viloyati, Quva tumanidan boshlang'ich narxi 21,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,8 sotix yer uchastkasi 81,2 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 125 ta
  • Boshlang‘ich narxi 26,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 146 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 340 ta
  • Yer maydoni 114,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 6,6 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 11,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 404 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 130 494 ta lot savdoga qo'yilgan.
469 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech