Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Fevral 2023

27-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

5 007 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 34,6 mlrd so‘mlik 7 697 ta lot 44,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 16 ta
  • Boshlang‘ich narxi 8,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 10,8 mlrd so‘m
  • Sergeli tumanida joylashgan, “Mikrokreditbank” ATBga qarashli narxi 2,5 mlrd so‘mlik turar joy binosi 2,7 mlrd so‘mga sotildi.
  • Payariq tumanida joylashgan “Chelak Agroservis MTP” MChJga qarashli, boshlang’ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo’lgan bino va inshootlar 1,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 51 ta
  • Boshlang‘ich narxi 486,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1 mlrd so‘m
  • Shayxontohur tumanida joylashgan O‘zbekiston Asalarichilari uyushmasiga qarashli yillik ijara stavkasi 128,2 mln so‘m bo’lgan bo‘sh turgan bino qismi 141 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 68 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 23,6 ga
  • Toshkent tumanidan narxi 645,3 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 677,5 mln so‘mga sotildi.
  • Chirchiq shahri, Istiqlol mahallasida joylashgan, boshlang’ich narxi 70,1 mln so‘m bo’lgan oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 469,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 52 ta
  • Boshlang‘ich narxi 12,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 41,3 mln so‘m
  • Sayxunobod tumanidan narxi 2,6 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 5,5 mln so‘mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 157,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 173,6 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 18 963 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 7,9 trln so‘m bo‘lgan 162 679 ta lot savdoga qo‘yilgan.

472 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech