Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Iyul 2023

27-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

569 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 11,7 mlrd so'm bo'lgan 1 244 ta lot 14,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 14 ta
  • boshlang‘ich narxi 9,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,2 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan “Bekobod-matbuot” MCHJdagi 94,30 foiz davlat ulushi 2,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 40 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 985,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi 1,03 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 29 ta
  • boshlang'ich narxi 550,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 680,2 mln so‘m
  • yer maydoni 3,7 ga
  • Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidan boshlang'ich narxi 14,1 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 10 sotix yеr uchastkasi 40,8 mln so‘mga sotildi.
  • Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 15,1 mln so‘m bo‘lgan sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 54,2 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 71 ta
  • boshlang‘ich narxi 16,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 166,2 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 999 ta
  • yer maydoni 1165,1 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 33,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 73,3 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 4 219 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 133 566 ta lot savdoga qo'yilgan.

247 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech