Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Mart 2023

27-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

      2 158 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 48,7 mlrd so‘mlik 3 255 ta lot 67 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

       Davlat aktivlari:

  • Soni 10 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 27,3 mlrd so‘m  

       Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘mlik Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma’muriy bino 6,3 mlrd so‘mga sotildi.
        Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 11,1 mlrd so‘mlik "O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJga qarashli 30-sonli dorixona, ma’muriy va xo’jalik binolari 11,6 mlrd so‘mga sotildi.

     Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 93 ta
  • Boshlang‘ich narxi 747,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 5,3 mlrd so‘m

      Yunusobod tumanidan yillik ijara stavkasi 61,8 mln so‘mlik Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining balansidagi bino qismi 512,8 mln so‘mga ijaraga berildi.

       Yer uchastkalari:

  • Soni 136 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 12,1 ga

       Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumanidan boshlang'ich narxi 125,4 mln so‘mlik mehmonxonalar tashkil etish uchun 0,22 gektar yer uchastkasi 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
      Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidan boshlang'ich narxi 6,8 mln so‘mlik ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 0,13 gektar yer uchastkasi 302,2 mln so‘mga sotildi.
       Toshkent viloyati, Piskent tumanidan boshlang'ich narxi 12 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 200 mln so‘mga sotildi.

       O‘tkazilgan savdolarda 8 864 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

       Hozirda, narxi 9,1 trln so‘m bo‘lgan 136 784 ta lot savdoga qo‘yilgan.

582 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech