680 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 74,4 mlrd so'm bo'lgan 285 ta lot 95,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 217 mln so‘m
- sotilgan narxi 239 mln so‘m
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 170,2 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 187,3 mln so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 7 ta
- boshlang'ich narxi 54,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 66,4 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 24,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank" AJ balansidagi issiqxona bino va inshootlari kompleksi 34,3 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 33 ta
- boshlang'ich narxi 152,1 mln so‘m
- sotilgan narxi 389,3 mln so‘m
Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 6,9 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi bo‘sh turgan bino 60 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 115 ta
- boshlang'ich narxi 16,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 24,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 57,2 ga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang‘ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan yog‘ochni qayta ishlash, pulpa va qog‘oz sanoati obyektlari qurish uchun 13 gektar yеr uchastkasi 2,7 mlrd so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- soni 95 ta
- boshlang'ich narxi 32 mln so‘m
- sotilgan narxi 252 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 832 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,1 trln so'm bo'lgan 146 483 ta lot savdoga qo'yilgan.