Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 May 2023

28 - aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 229 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 12,7 mlrd so'm bo'lgan 557 ta lot 18,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 8 ta
  • Boshlang‘ich narxi 6,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,3 mlrd so‘m
Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 3,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Ipoteka-bank” ATB balansidagi parranda fermasi 3,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 77 ta
  • Boshlang‘ich narxi 952,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 224,1 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma‘muriy binolardan foydalanish boshqarmasi balansidagi bino qismi 560,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 22 ta
  • Boshlang'ich narxi 638,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 691,3 mln so‘m
  • Yer maydoni 5,9 ga
Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidan boshlang'ich narxi 10,3 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi turar joy qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 18,6 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati, Piskent tumanidan boshlang'ich narxi 10,6 mln so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 1,1 sotix yer uchastkasi 30,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 106 ta
  • Boshlang‘ich narxi 36,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 763 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 283 ta
  • Yer maydoni 137,8 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 8,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 551 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 8,1 trln so'm bo'lgan 135 087 ta lot savdoga qo'yilgan.
623 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech