Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Aprel 2024

29-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

10 623 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 81,1 mlrd so'm bo'lgan 5 734 ta lot 183,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari: 

  • soni 33 ta
  • boshlang'ich narxi 18,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 26,1 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi vakumli bino 4,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 46 ta 
  • boshlang'ich narxi 505 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 20,3 mln so‘m bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali balansidagi bo‘sh xonalar 500,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 99 ta 
  • boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,5 ga
  • Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidan boshlang'ich narxi 88,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 308,7 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati Angor tumanidan boshlang'ich narxi 26,8 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 307,9 mln so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 57 ta 
  • boshlang'ich narxi 10,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,7 mlrd so‘m 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 5317 ta 
  • boshlang'ich narxi 31,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 99,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2 699,0 ga

O'tkazilgan savdolarda 7 841 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 211 621 ta lot savdoga qo'yilgan.

714 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech