Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Aprel 2023

3-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 332 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 42,6 mlrd so‘mlik 5 572 ta lot 60,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 8 ta
  • boshlang‘ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 5,1 mlrd so‘m bo’lgan "Buxoro viloyat agrokimyohimoya" AJ Losha tumanlararo filiali balansidagi avtosaroy bino-inshootlari 5,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 126 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,9 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumanidan yillik ijara stavkasi 279 mln so'mlik “O'zbekiston temir yo‘llari” AJ Qo'ng'irot mintaqaviy temiryo'l uzelining balansidagi bo'sh turgan omborxona va texnik maydon 306,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 95 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 6,2 ga
  • Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘mlik mehmonxonalar tashkil etish uchun 0,79 gektar yer uchastkasi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidan boshlang'ich narxi 109,3 mln so‘mlik oziq-ovqat, konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qandolatchilik korxonalari qurish uchun 0,2 gektar yer uchastkasi 743,1 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 154,8 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 0,3 gektar yer uchastkasi 713,7 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 44 ta
  • boshlang‘ich narxi 9,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 550,9 mln so‘m
  • Sirdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 152,3 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 11 411 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,9 trln so‘m bo‘lgan 129 426 ta lot savdoga qo‘yilgan.

526 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech